8 kunlik O‘zbekiston madaniyati va tabiati bo‘ylab sayohat
Tour Description
O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, mahalliy madaniyati va go‘zal tabiatini bir sayohatda kashf eting. Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ekskursiyalar, milliy master-klasslar, folklor shousi va sayohat yakunida tog‘dagi zamonaviy hovlida tunash — bu tur sizga O‘zbekistonni har tomonlama his qilish imkonini beradi.
Tour Highlights
• 🕌 Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ingliz tilida so‘zlashuvchi gid bilan ekskursiyalar
• 🍚 O‘zbek palovi tayyorlash va tandirda non yopish master-klasslari
• 🏺 G‘ijduvon kulolchilik an’analari bilan tanishish
• 🎶 Buxoroda an’anaviy folklor shousi
• 🏔️ Tog‘dagi zamonaviy hovlida tunash — shahardan uzoqda, toza havo va sokin tabiat qo‘ynida
• 🌄 Tongni tog‘lar bag‘rida kutib olish va tog‘ bo‘ylab ekskursiya
• 🚆 Tarixiy shaharlar va tabiatni birlashtirgan 8 kunlik sayohat
Sayohat yo'nalishi
Kun 1 Tashkent-arrival
Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish, mehmonxonaga transfer va joylashish. Dam olish va bo‘sh vaqt.
Tunash: Toshkent
Kun 2 Tashkent-Samarkand
Nonushtadan so‘ng ingliz tilida so‘zlashuvchi professional gid bilan Toshkent City Tour:
Amir Temur xiyoboni
Mustaqillik maydoni
Hazrati Imom majmuasi
Ko‘kaldosh madrasasi
Chorsu bozori
Toshkent metrosi
Ekskursiyadan so‘ng tezyurar poyezdda Samarqandga yo‘l olish va mehmonxonaga joylashish.
Tunash: Samarqand
Kun 3 Samarkand
Nonushtadan so‘ng ingliz tilida so‘zlashuvchi professional gid bilan Samarqand City Tour:
Registon maydoni
Go‘ri Amir maqbarasi
Bibixonim masjidi
Shohi Zinda majmuasi
Siyob bozori
Ulug‘bek rasadxonasi
Kechqurun Registonning tungi manzarasidan bahramand bo‘lish.
Tunash: Samarqand
Kun 4 Samarkand-Bukhara
Nonushtadan so‘ng etno hovliga tashrif:
O‘zbek palovini tayyorlash master-klassi
Tandirda non yopish master-klassi
So‘ng taxida Buxoroga yo‘l olish. Yo‘l davomida:
G‘ijduvon kulolchilik uylari
Sitorai Mohi Xosa saroyi
Buxoroga yetib kelish va mehmonxonaga joylashish.
Tunash: Buxoro
Kun 5 Bukhara
Nonushtadan so‘ng ingliz tilida so‘zlashuvchi professional gid bilan Buxoro City Tour:
Ark qal’asi
Bolo Hauz masjidi
Poi Kalon majmuasi
Ulug‘bek madrasasi
Abdulazizxon madrasasi
Tarixiy savdo gumbazlari
Mag‘oki Attor masjidi
Lyabi Hauz majmuasi
Kechqurun an’anaviy folklor shousi.
Tunash: Buxoro
Kun 6 Bukhara-Tashkent-Mountain
Nonushtadan so‘ng Buxorodan Toshkentga qaytish. Toshkentga yetib kelgach, minivenlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tog‘larga transfer.
Tog‘dagi zamonaviy hovliga joylashish, dam olish va toza tog‘ havosidan bahramand bo‘lish.
Tunash: Tog‘dagi hovlida
Kun 7 Mountain-Tashkent
Nonushtadan so‘ng tog‘ hududi bo‘ylab ekskursiya. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, tog‘ manzaralaridan bahramand bo‘lish va dam olish.
Kechqurun Toshkentga qaytish va mehmonxonaga joylashish.
Tunash: Toshkent
Kun 8 Tashkent-departure
Nonushta. Parvoz vaqtiga qarab Toshkent xalqaro aeroportiga transfer.
Sayohat yakuni.
Narxga kiritilgan
• 🏨 7 kecha mehmonxona va turar joy — 2 kishilik joylashuv asosida
• 🍳 Har kuni mehmonxonada nonushta
• 🏔️ Tog‘dagi zamonaviy hovlida 1 kecha tunash
• 🚐 Dastur bo‘yicha barcha transfer va transport xizmatlari
• 🚆 Toshkent – Samarqand/ Buxoro-Toshkent tez yurar poyezd chiptalari
• 🚕 Samarqand – Buxoro avtomobil transferi
• 🎤 Toshkent, Samarqand va Buxoroda ingliz tilida so‘zlashuvchi professional gid
• 🎟️ Dasturdagi barcha tarixiy obidalarga kirish chiptalari
• 🍚 Palov tayyorlash master-klassi
• 🫓 Tandirda non yopish master-klassi
• 🏺 G‘ijduvon kulolchilik uylariga tashrif
• 🎶 Buxorodagi folklor shousi
• 🌄 Tog‘ bo‘ylab ekskursiya
• 📞 Sayohat davomida 24/7 qo‘llab-quvvatlash
Narxga kiritilmagan
• ✈️ Xalqaro aviachiptalar
• 🍽️ Dasturda ko‘rsatilmagan tushlik va kechki ovqatlar
• 🛡️ Sayohat sug‘urtasi
• 💳 Viza va e-Visa xarajatlari (talab etilsa)
• 💰 Shaxsiy xarajatlar va choychaqa
Odam soniga qarab narxlar
| Guruh hajmi (Odam soni) | Narxi (Kishi boshiga) |
|---|---|
| 15 pax + 1 FOC | $980,00 |
| 8-14 pax | $1090,00 |
| 4-7 pax | $1150,00 |
| 2-3 pax | $1230,00 |
| 1 pax | $1390,00 |
Eslatmalar:
— E'tibor bering: CARAVAN TOURS kompaniyasi ro'yxatdagi mehmonxonalar to'lib qolgan taqdirda ularni shu darajadagi boshqasiga almashtirish huquqiga ega.
— Aviakompaniya va poyezd jadvali band qilish jarayonida mavjudlikka qarab o'zgarishi mumkin.
— To'lov: 100% oldindan to'lov kelishdan kamida 3 kun oldin amalga oshirilishi kerak.
Bekor qilish to'lovlari:
- ✅ 30 kun yoki undan ko'p — 100% qaytarish
- ⚠️ 29–15 kun — 50% qaytarish
- ⚠️ 14–7 kun — 30% qaytarish
- ❌ 6 kun yoki undan kam — Qaytarilmaydi